Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

AQShdagi universitetlardan birida noma’lum shaxs otishma sodir etdi

AQShdagi universitetlardan birida noma’lum shaxs otishma sodir etdi

Kentukki shtat universitetida 9 dekabr kuni sodir bo‘lgan otishmada bir necha kishi yaralandi, gumonlanuvchi qo‘lga olindi.

Bu haqda gubernator Endi Beshir ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qildi.

"Biz Frankfortdagi Kentukki shtat universitetida otishma yuz berganidan xabardormiz. Hozirda bir qancha jarohatlar ma’lum", - deb yozadi u. Huquq-tartibot idoralari voqea joyida, gumonlanuvchi qo‘lga olindi", — deyiladi xabarda.

Hodisa sabablari va jabrlanganlarning ahvoli haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Kiritildi: 09:31 10.12.2025. O'qildi: 1087 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!