Rod-Aylend shtati Providens shahridagi Braun universiteti kampusida sodir bo‘lgan otishma kamida ikki kishining hayotiga zomin bo‘ldi.
Bu haqda Associated Press (AP) xabar bermoqda.
Associated Press (AP) xabariga ko‘ra, yana bir necha kishi jarohatlangan.
Keyinroq Providens meri Brett Smayli 13 dekabrdagi otishmada ikki kishi halok bo‘lganini tasdiqladi. Uning aytishicha, yana to‘qqiz kishi og‘ir ahvolda.
“Bugun tushdan keyin ikki kishi halok bo‘lganini tasdiqlay olaman, yana sakkiz kishining ahvoli og‘ir”, dedi u Fox News telekanali bergan matbuot anjumanida.
Avvalroq Providens polisiyasi hodisa oqibatida jarohatlanganlar borligi haqida xabar bergan edi.