Gazeta manbalariga ko‘ra, shu hafta Ukraina delegasiyasi AQSh rasmiylari bilan bir qator uchrashuvlarni o‘tkaza olmagan. Buning natijasida Vashingtonda vaqtincha harbiy yordam va dronlar bo‘yicha milliardlab dollarlik muzokaralar muzlatib qo‘yilgan.
"Buning sababi, tasdiqlanmagan byudjet tufayli hukumat faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Ukrainaga qurol yetkazib berish kechikishi mumkin", — deya izoh berdi The Telegraph suhbatdoshi.