Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

AQShdagi ahmoqona tashabbus: "Chaqaloqlarni yeyishni boshlashimiz kerak" (VIDEO)

AQShdagi ahmoqona tashabbus: "Chaqaloqlarni yeyishni boshlashimiz kerak" (VIDEO)

4 oktyabr kuni AQShlik siyosatchi ayol Okasio-Kortez shahar majlislar zalida iqlim o‘zgarishi va uni oldini olishga qaratilgan tadbirni o‘tkazayotgan edi. To‘satdan bir ayol turib, “chaqaloqlarni yo‘q qilishimiz kerak, ularni o‘ldirish kerak, yeyish kerak”, “vaqtimiz juda oz qolyapti deb” baqirdi. Ayol aytgan fikrlar twitter’da keng tarqaldi. Bu haqda "togri.uz" yozmoqda.

"Siz “Yashil kelishuv” ni qo‘llab-quvvatlayotganingiz yaxshi, ammo bu muammoni tezroq hal qilish degani emas. Shvesiyalik professor aytdi biz o‘liklarni yeyishimiz mumkin, ammo bu tezda hal bo‘lmaydi. Mening fikrimcha, sizning keyingi kompaniyangizning shiori quyidagicha bo‘lishi kerak: “Biz bolalarni yeyishni boshlashimiz kerak! Bizda vaqt yo‘q!”, deb fikrini davom ettirdi ayol.

Vakillar palatasi a’zosi Okasio-Kortez ayolga shunday javob berdi: "Yaxshiyamki, bizda bir necha oy bor. Bir necha yil ichida biz hammasini uddalaymiz".

Kiritildi: 17:53 04.10.2019. O'qildi: 4409 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!