Amerikaning Virjiniya shtatining Frederiksberg shahri yaqinida sodir bo‘lgan otishmada kamida uch kishi halok bo‘ldi, shuncha odam yaralandi.
Bu haqda The New York Times gazetasi Sposilvaniya okrugi sherifiga tayanib xabar berdi.
Hozircha hodisa sabablari va gumonlanuvchilarning shaxsi aniqlanmagan, deya aniqlik kiritadi nashr. Jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan.
Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.