AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp yaratmoqchi bo‘lgan Hukumat samaradorligi vazirligi haftasiga 80 soatdan ko‘proq ishlashga tayyor bo‘lgan yuqori intellektli odamlarni qidirmoqda, deya xabar beradi TASS.
«Bizga yarim vaqtda ishlaydigan g‘oyalarni yaratuvchi odamlar kerak emas. Xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha haftasiga 80 soatdan ortiq ishlashga tayyor bo‘lgan ixcham hukumatni yaratish uchun bizga yuqori IQga ega inqilobchilar kerak», — deyiladi vazirlik X.ga qilgan bayonotida.
Qayd etilishicha, yangi departamentdagi lavozimlarga nomzodlarning eng yuqori 1 foizini vazirlik rahbarlari – Vivek Ramasvami va Ilon Mask shaxsan tekshiradi.