AQSh shimoli-g‘arbidagi Vashington shtatida vertolyot qulashi oqibatida to‘rt nafar amerikalik harbiy halok bo‘ldi.
Bu haqda Associated Press agentligi AQSh armiyasi maxsus operasiyalar qo‘mondonligiga tayanib xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, vertolyot 17 sentyabr kuni kechqurun "odatiy o‘quv parvozi"ni amalga oshirgan va Lyuis-Makkord harbiy-havo kuchlari bazasi yaqinida bo‘lgan. Vertolyotda to‘rt kishi bo‘lgan, ularning ismlari hozircha oshkor etilmagan. Halokat sabablari aniqlanmagan.
Hodisa sodir bo‘lgan Terston okrugi sherifi avvalroq halokat haqida xabar bergan edi.