Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

AQShda o‘qish uchun qanday turdagi grantlar mavjud?

A A A
AQShda o‘qish uchun qanday turdagi grantlar mavjud?

AQSh universitetlarida o‘qish uchun ajratiladigan grantlarning asosiy 6 turi mavjud. Bular vaziyatdan kelib chiqib, to‘liq yoki qisman grant shaklida taqdim etilishi mumkin.

Quyida ular haqida qisqacha ma’lumot beramiz.

Ko‘rsatkichlarga asoslangan grantlar (Merit shcholarships).
Bunday grantlar talabaning ko‘rsatkichlari, erishgan yutuqlari asosida beriladi.

Masalan, bunday grantlar:– a’lo baholarga egalik va/yoki SAT/ACT imtihonidan yuqori ball olganlik uchun (Academic Shcholarships);– a’lo baholar va imtihonlardan olingan yuqori ballardan tashqari, talabaning jamiyatga qo‘shgan hissasi va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ishtiroki uchun (AAP Shcholarships);– Sportda erishgan yutuqlari uchun (Sports scholarships) berilishi mumkin.

Moliyaviy ehtiyojga asoslangan grantlar (Need-based).
Bu grantlar o‘qish to‘lovlari va o‘qish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni to‘lashga moliyaviy imkoniyati yetmaydigan talabalarga beriladi.

Mamlakatga asoslangan grantlar (Country-based).
Bunday grantlar rivojlanayotgan davlatlarning fuqarosi bo‘lgan xalqaro talabalarga beriladi.

Universitet grantlari.
Ko‘plab AQSh universitetlari muayyan mezonlarga mos xalqaro talabalarga o‘z grantlarini taklif qiladi.

Bu mezonlarni universitetning o‘z belgilaydi, masalan, biror universitet muayyan soha bo‘yicha o‘qish uchun topshiruvchi eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega nomzodlarga grant ajratishi mumkin.

Xususiy sektor moliyalashtiradigan grantlar.
Bunday grantlar xususiy kompaniyalar, tashkilotlar va boshqalar tomonidan xalqaro talabalarga taklif etiladi.

Lekin odatda ularning talablari nisbatan qattiqroq bo‘ladi va ular ko‘pincha muayyan guruhga mansub talabalar (masalan, ayollar, rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari va h.k.) uchun beriladi.

AQSh hukumati moliyalashtiradigan grantlar.
Bunday grantlar ta’lim tizimini globallashtirish maqsadida xalqaro talabalarga AQSh hukumati tomonidan ajratiladi. Ushbu grantlar odatda AQShda o‘qish uchun eng nufuzli grantlar hisoblanadi (masalan, magistraturada o‘qish uchun Fulbright granti).

Qaysi universitetda qanday grant taklif qilinishini qanday bilsam bo‘ladi?

Bu uchun kerakli universitetning rasmiy veb-saytiga kirasiz va u yerdan “Financial Aid and Scholarships” yoki “Admission and Aid” yoki shu kabi moliyaviy yordam hamda grantlarga bag‘ishlangan bo‘limga kirasiz.

Bu bo‘limda xalqaro talabalar uchun qanday grantlar mavjudligi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Kiritildi: 12:26 14.04.2024. O'qildi: 1478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!