AQSh prezidenti Donald Trampning amerikaliklar orasida reytingi 42 foizgacha tushib ketdi.
Economist va YouGov kompaniyasi o‘tkazgan so‘rov shundan dalolat bermoqda.
So‘rov 13-15 aprel kunlari 1512 nafar amerikalik kattalar o‘rtasida o‘tkazildi. Xatolar chegarasi 3,4 foiz punktni tashkil qiladi.
Natijalarga ko‘ra, amerikaliklarning atigi 42 foizi o‘z prezident faoliyati haqida ijobiy fikrda, 52 foizi esa uning lavozimdagi faoliyati haqida salbiy fikrda.
Erkaklar orasida 49% Trampni qo‘llab-quvvatlasa, ayollar orasida atigi 35%.
27 martdan 1 aprelgacha o‘tkazilgan Wall Street Journal so‘roviga ko‘ra, Trampning umumiy ma’qullash reytingi 46 foizni tashkil qilgan.