Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti mamlakat mustaqilligining 250 yilligi sharafiga AQSh pasportlarining cheklangan seriyasi ishlab chiqarilishini e’lon qildi.
Ushbu pasport muqovasining ichki qismida prezident Donald Tramp, boshqa sahifasida esa Qo‘shma Shtatlarning asoschi otalari tasvirlanadi.
Ma’lum qilinishicha, bunday pasportlar Vashingtondagi pasport agentligi tomonidan beriladi. Tramp tasvirlangan hujjatlar tugamaguniga qadar, agentlik boshqa turdagi pasportlarni taklif qilmaydi. Amaldagi prezidentning surati tushirilmagan hujjatni olishni xohlovchilar buni onlayn tarzda yoki boshqa bo‘limlarda amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.