Nashrning manbalariga tayanib yozishicha, sud allaqachon Google'ni “onlayn-qidiruv sohasida monopolist” deb tan olgan.
Endilikda sudda AQSh hukumati va Google kompaniyasi o‘rtasida onlayn qidiruv bozorida raqobatni qanday tiklash kerakligi ustida bahs yuritilmoqda.
AQSh Adliya vazirligi Google oldiga bir qator talablar qo‘ygan va agar ular bajarilmasa, kompaniyani Android operasion tizimiga egalik huquqini sotishga majbur qilishni rejalashtirmoqda.
Google esa o‘zini himoya qilib, foydalanuvchilar tanlovi kompaniyaning mahsuloti raqobatchilardan, masalan Microsoft'ning Bing yoki DuckDuckGo qidiruv tizimlaridan yaxshiroq bo‘lgani sababli yuz berganini ta’kidlamoqda.