AQShning Nyu-Hempshir shtatining Konkord shahridagi kasalxonada otishma yuz berdi.
Bu haqda shtat polisiyasi ma’lum qildi.
“Polisiya Konkorddagi Nyu-Hempshir kasalxonasida sodir bo‘lgan otishma bo‘yicha tergov olib bormoqda”, — deya e’lon qildi polisiya “X” ijtimoiy tarmog‘ida.
Hodisa oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani qayd etilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida qurolli hodisani sodir etganlikda gumon qilinayotgan jinoyatchi ham bor.