Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

AQShda shatdaun tugadimi?

AQShda shatdaun tugadimi?

AQSh Senati federal hukumatni 2026 yil 30 yanvargacha qayta ochish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi va yakuniy tasdiqlash uchun Vakillar palatasiga yubordi.

Ovoz berish jarayoni AQSh televideniyesi orqali namoyish etilgan.

Ovoz berishdan keyin 60 senator hujjatni qo‘llab-quvvatladi, 40 nafari esa qarshi chiqdi.

Endi qonun loyihasi Vakillar palatasiga yuboriladi. Shundan so‘ng uni AQSh prezidenti Donald Tramp imzolashi kerak. Bu jarayon bir necha kun davom etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, AQSh federal hukumati mablag‘ yetishmasligi sababli 1 oktyabr kuni yarim tunda o‘z faoliyatini qisman to‘xtatgan edi. Bu AQSh Kongressidagi hukmron Respublikachilar va muxolifatdagi Demokratik partiyalar vakillari bir qator xarajatlar moddalari, jumladan, sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha kelisha olmagani uchun yuz berdi. Ular bir-birlarini yopilishni provokasiya qilishda va uni siyosiy maqsadlarda uzaytirishda ayblaydilar.

Kiritildi: 11:00 11.11.2025. O'qildi: 1024 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!