AQShning Pensilvaniya shtatida yengil motorli samolyot polisiya vertolyoti bilan to‘qnashib ketishi oqibatida samolyot uchuvchisi halok bo‘ldi. Bu haqda ABC News xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, vertolyot bortida bo‘lgan ikki nafar polisiya xodimi jarohat olgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lgan uchuvchi samolyot bortidagi yagona shaxs bo‘lgan.