Shimoliy Karolina shtatining Makston shahri yaqinida sodir bo‘lgan otishmada kamida ikki kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda ABC News telekanaligan Robeson okrugi sherifi ma’lum qildi.
"13 kishi o‘qqa tutildi, ulardan ikki nafari halok bo‘ldi. Yetti nafarining ahvoli og‘ir", - deyiladi xabarda.
Otishma 150 dan ortiq odam bo‘lgan katta ziyofatda sodir bo‘lgan. Mahalliy ma’muriyatning ta’kidlashicha, hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda va aholiga tahdid yo‘q.