Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

AQShda polisiya yaqinda avf etilgan Kapitoliy hujumchisini otib o‘ldirdi

AQShda polisiya yaqinda avf etilgan Kapitoliy hujumchisini otib o‘ldirdi

2021 yil 6 yanvardagi Kapitoliy tartibsizliklari uchun AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan avf etilganlar qatorida bo‘lgan Indiana shtati fuqarosi avf etilganidan bir necha kun o‘tib polisiya tomonidan o‘ldirildi, deya xabar beradi BBC.

42 yoshli Metyu Xattl 26 yanvar, yakshanba kuni otib o‘ldirilgan. Indiana shtati polisiyasining ma’lum qilishicha, zobitlar uning mashinasini to‘xtatib, erkakni hibsga olmoqchi bo‘lishgan, biroq Xattl qarshilik ko‘rsatib, ofiser bilan "to‘qnash kelgan" va natijada ofiser otishmaga sabab bo‘lgan va gumondorni yaralagan.

Polisiya xodimi pulli ma’muriy ta’tilga jo‘natilgan.

— To‘liq shaffoflik uchun men Indiana shtati polisiyasidan otishmada ishtirok etgan zobitga nisbatan tergov o‘tkazishni so‘radim, — dedi Jasper okrugi sherifi Patrik Uilyamson.

Erkak nima uchun hibsga olingani noma’lum. Polisiyaning qo‘shimcha qilishicha, Xattl yonida o‘qotar qurol bo‘lgan.

Metyu Xattl 2022 yil noyabr oyida tartibni buzganligi va taqiqlangan binoga kirgani uchun hibsga olingan. U Kapitoliyda 16 daqiqa bo‘ldi. Hattl siyosiy jihatdan faol emas edi, deydi uning advokati, lekin "tarix yaratish" uchun amakisi bilan Vashingtonga borgan va u yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun qamoq jazosini o‘taganidan keyin nima qilishni bilmas edi.

U o‘z aybiga iqror bo‘ldi va 2024 yil iyulida ozod etilishi kerak bo‘lgan olti oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. Advokat Xattlning tajovuzkor emasligini ta’kidladi.

Uning amakisi Deyl Xattl ham tartibsizliklarda qatnashgan va binoga bostirib kirganidan afsusda emas va buni “vatanparvarlik burchi” deb atagan. U polisiyachiga bayroq ustuni bilan hujum qilgani uchun 30 oyga qamalgan.

Deniel Bell kabi qurol saqlagani uchun hibsga olingan Kapitoliy tartibsizliklari avf etilishi ortidan yangi huquqiy muammolar yuzaga kelmoqda. Donald Tramp 1600 ga yaqin tartibsizlik ishtirokchisini afv etdi va ularning taqdirini g‘ayritabiiy deb atadi. Biroq, respublikachilarning hammasi ham uning qarorini qo‘llab-quvvatlamadi. Senator Lindsi Grem afv etilishini xato deb atadi va bu polisiya xodimlariga nisbatan adolatsizlik ekanini aytdi.

Washington Post gazetasining yozishicha, 2015 yildan 2024 yilgacha AQShda 10 429 kishi polisiya tomonidan otib o‘ldirilgan.

Kiritildi: 18:42 29.01.2025. O'qildi: 1088 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!