Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQShda Italiya makaronlari taqchilligi boshlanishi mumkin

AQShda Italiya makaronlari taqchilligi boshlanishi mumkin

Italiyaning yirik pasta ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulotlarini AQShga eksport qilishni to‘xtatmoqchi, deya xabar berdi The Wall Street Journal.

Bunga Tramp ma’muriyati tomonidan Italiya pastasiga qo‘llanayotgan katta bojlar sabab qilib ko‘rsatilmoqda. AQSh hukumati 13 ta italiyalik pasta ishlab chiqaruvchisini narxlarni sun’iy pasaytirishda ayblab, yanvardan boshlab ularning mahsulotlariga 92 foizlik boj joriy etishini ma’lum qilgan.

Natijada Yevropa tovarlariga allaqachon qo‘llanayotgan 15 foizlik boj bilan birgalikda, pastaga nisbatan 107 foizlik qo‘shimcha soliq solinishini mumkin. Bu esa eksportni foydasiz qilib qo‘yadi.

Italyan tadbirkorlari mamlakat Bosh vaziri Jorja Melonidan Trampni bunday bojlarni joriy etmaslikka ishontirishni so‘rashgan.

«AQSh biz uchun juda katta bozor. Agar uni jiddiy sabablarsiz bizdan tortib olishsa, bu haqiqiy fojia bo‘ladi», — deya ta’kidlagan Italiyaning yirik pasta ishlab chiqaruvchilaridan biri La Molisana kompaniyasi bosh direktori Juzeppe Ferro.

Mutaxassislar yangi cheklov Qo‘shma Shtatlarda mashhur bo‘lgan italyan pastasi narxini yanada oshiribgina qolmay, ushbu mahsulotlarning Amerika bozoriga yetkazib berilishini butunlay to‘xtatib qo‘yishi mumkinligidan xavotirlanyapti.

Kiritildi: 20:05 18.11.2025. O'qildi: 410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!