AQSh senatori Kris Van Xollen Qo‘shma Shtatlar Isroilga harbiy yordam berishni to‘xtatishi va Prezident Donald Tramp tomonidan ushbu siyosat davom ettirilishiga yo‘l qo‘ymasligi kerakligini ma’lum qildi.
Senator Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hukumatini Eron bilan urush boshlashda, Livanga hujum qilishda va G‘azo sektoridagi tinch aholiga nisbatan tajovuzkorlikda aybladi.
«Biz ushbu shafqatsizlikka ko‘maklashish uchun soliq to‘lovchilar tomonidan moliyalashtiriladigan bombalar va uskunalarni yubormasligimiz kerak. Biz Trampning qurol yetkazib berishini to‘xtatishimiz shart», — deb yozdi u o‘zining «X» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.