Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQShda ikkita to‘g‘on yorildi. Aholi evakuasiya qilinmoqda

AQShda ikkita to‘g‘on yorildi. Aholi evakuasiya qilinmoqda

Kuchli yomg‘ir AQShdagi Tittabavashi daryosidagi ikkita to‘g‘onning yorilishiga olib kelganidan so‘ng, Michigan shtati rasmiylari Midland shahrining 10 mingga yaqin aholisini evakuasiya qilmoqda. Bu haqda bugun, 20 may kuni CNN telekompaniyasi xabar bermoqda.

Midland okrugi ma’murlari kengashi raisi Mark Bouning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda tabiiy ofatdan 3500 ga yaqin uy zarar ko‘rgan. Mahalliy hokimiyatning ma’lum qilishicha, toshqin tuman tarixidagi eng kattasi bo‘lishi mumkin. "1986 yildagi katta suv toshqini 100 yil ichida eng jiddiysi, deb atalgan edi. Ammo hozirgisi 500 yil ichidagi eng katta toshqin", dedi Midland meri Bred Key.

Michigan gubernatori Gretchen Uitmer 19 may kuni Midland okrugida favqulodda holat joriy etilishini e’lon qildi. Evakuasiya qilish uchun u yerga Milliy gvardiya kuchlari yuborilgan. Uitmer, shuningdek, shtatda koronavirus epidemiyasi davom etayotgani sababli vaziyat yomonlashayotganiga e’tibor qaratdi. Maxsus tashkil etilgan vaqtinchalik boshpanalarda qolishga majbur bo‘lganlar uchun gubernator niqob taqishni qat’iy tavsiya qildi.

Ayni paytda, Michigan izolyasiya choralarini asta-sekin olib tashlashga tayyorlanmoqda. Shtatdagi ishlab chiqarish korxonalarining aksariyati 11 may kuni o‘z ishini qayta tikladi. General Motor, Ford va Fiat Chrysler zavodlari 18 may kuni ochiladi.

Kiritildi: 18:11 20.05.2020. O'qildi: 2970 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!