Aydaxo shtatining o‘t o‘chiruvchilari Ker-d'Alen shahri yaqinidagi Kanfild tog‘i hududida o‘rmon yong‘inlari bilan kurashayotgan vaqtda yuz bergan otishmada kamida ikki kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda okrug sherifi Robert Norris mahalliy telekanallar tomonidan efirga uzatilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.
"Biz hozirda ikkita halok bo‘lganini bilamiz. Yaradorlar soni noma’lum", - dedi u.
Sherifning qo‘shimcha qilishicha, voqea joyida ham mahalliy, ham federal idoralar ishlamoqda. "Biz otishmada davom etayotgan gumonlanuvchini zararsizlantirishga tayyormiz. Agar buni uddalay olmasak, uni qo‘lga olish operasiyasi bir necha kunga cho‘zilishi mumkin", dedi u.
Kutenay okrugi sherifining leytenanti Jeff Xovardning ABC News telekanaliga aytishicha, huquq-tartibot idoralari yong‘in qutqaruvchilarni voqea joyiga jalb qilish uchun ataylab o‘rnatilganmi yoki yo‘qligini tekshirmoqda.
Hozirda polisiya vertolyoti hujumchini o‘rmon zonasida topish maqsadida hududni taramoqda, huquq-tartibot idoralari xodimlari esa uning yolg‘iz o‘zi harakat qilmoqdami yoki bir necha kishi o‘q uzyaptimi, aniq bilmaydi.