AQShning Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi (NOAA) Kamchatkadagi zilzila tufayli sunami xavfi haqida ogohlantirdi.
Bu haqda AQSh Geologiya xizmati ma’lum qildi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila kuchi 8 ballni tashkil qilgan.
Avvalroq seysmologlar Petropavlovsk-Kamchatskiydan 8,1 balli zilzila qayd etgan edi, deb xabar berdi Rossiya Fanlar akademiyasi Geofizika xizmati Kamchatka bo‘limi matbuot xizmati. Zilzila episentri viloyat markazidan 149 kilometr janubi-sharqda, 17 kilometr chuqurlikda joylashgan.