Bugun 1 fevral, 2025 yil, shanba

КИР

AQShda aviahalokat: Tramp aybdorlarni topdi

AQShda aviahalokat: Tramp aybdorlarni topdi

AQSh prezidenti Donald Tramp 29 yanvar kuni qo‘nishga yaqinlashayotgan American Airlines yo‘lovchi samolyoti bilan to‘qnashgan Black Hawk harbiy vertolyoti qoidalarni buzganini ta’kidlamoqda. Uning fikricha, vertolyot ruxsat etilgan 60 metrlik chegaradan ancha balandroqda va uzoqroqda uchgan.

"Black Hawk vertolyoti juda balandda - haddan tashqari balandlikda parvoz qildi... 200 futlik chegaradan ancha yuqorida. Buni tushunish unchalik qiyin emas, shunday emasmi???," - deb yozdi prezident Truth Social platformasida.

Amerikalik harbiy vertolyotlar muntazam ravishda Vashingtondagi Ronald Reygan nomidagi milliy aEroport yaqinida Potomak daryosi ustidan uchib o‘tadi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan vertolyotda uchish balandligi 200 fut (61 metr) bilan cheklangan.

Bundan oldin The New York Times nashrining xabar berishicha, vertolyot tasdiqlangan yo‘nalishdan tashqarida va belgilangandan yuqori balandlikda uchgan bo‘lishi mumkin.

Vashingtondagi Ronald Reygan nomidagi aEroport yaqinida uch harbiy xizmatchi bo‘lgan vertolyot va bortida 60 nafar yo‘lovchi hamda to‘rt nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan samolyot o‘zaro to‘qnashdi. Barcha odam halok bo‘ldi.

Kiritildi: 22:55 31.01.2025. O'qildi: 1133 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!