Turkmaniston aviakompaniyasi Ashxobod va Moskva o‘rtasidagi parvozlarni to‘xtatishni mart oyigacha uzaytirganini "Interfaks"ga ma’lum qildi.
"Fevral oyida Moskvaga parvozlar to‘xtatilgan," - deya aviakompaniya vakili sababini keltirmasdan xabar berdi.
Turkmaniston havo yo‘llari o‘tgan yil oxirida Moskva va Ashxobod o‘rtasidagi parvozlarni to‘xtatgan edi. Xabarlarga ko‘ra, reyslar 2024 yil 30 dekabrdan 2025 yil 31 yanvargacha amalga oshirilmaydi, biroq qaror sabablari aytilmagan.
Bundan oldin Rossiyaga parvozlarni yana bir qancha xorijiy aviakompaniyalar bekor qilgandi: bu 25 dekabr kuni Qozog‘istonning Aktau shahri yaqinida "Ozarbayjon havo yo‘llari" (AZAL)ning Embraer 190 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchraganidan ko‘p o‘tmay sodir bo‘lgandi.