Bugun 1 fevral, 2025 yil, shanba

КИР

Amerikaning yirik banki Rossiyadan chiqdi

Amerikaning yirik banki Rossiyadan chiqdi

AQShning aktivlar hajmi bo‘yicha eng yirik o‘ntaligiga kiruvchi Goldman Sachs banki 16 yildan ortiq faoliyat yuritgan Rossiya bozorini tark etmoqda.

The Moscow Times xabar berishicha, bankning Rossiyadagi sho‘ba korxonasi "Goldman Saks Bank" o‘z biznesini Balchug Capital fondiga sotish bo‘yicha kelishuvga erishgan va Rossiya hukumatidan bitimga ruxsat olgan. Prezident Vladimir Putinning tegishli farmoyishi huquqiy axborot portalida e’lon qilingan.

2008 yilda Rossiyada ish boshlagan "Goldman Saks Bank" jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatmagan, balki chet ellik investorlardan mablag‘ jalb qilib, fond bozoriga sarmoya kiritish bilan shug‘ullangan. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan so‘ng Goldman Sachs Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatish niyatini ma’lum qildi. Uch yil ichida bankdagi korporativ hisob raqamlar deyarli bo‘shab qoldi va sof aktivlar qariyb 80 foizga kamaydi. Shunday bo‘lsa-da, o‘tgan yili "Goldman Sachs Bank" 551 million rubl foyda oldi hamda 5,1 milliard rubl aktivlarni va 3,5 milliard rubl kapitalni saqlab qoldi.

Kiritildi: 21:12 31.01.2025. O'qildi: 1165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!