Qo‘shma Shtatlarning Colossal Biosciences biotexnologiya kompaniyasi Yangi Zelandiyada yashagan, bo‘yi 3,5 metrdan oshadigan gigant moa qushlarini "qayta tiklash" loyihasida yangi qadam tashlaganini ma’lum qildi.
Olimlar laboratoriyada ishlab chiqilgan sun’iy tuxumlar yordamida 26 ta jo‘jani o‘stirishga va muvaffaqiyatli chiqarib olishga muvaffaq bo‘ldilar.
Moalar yer yuzida yashagan eng yirik qushlardan biri hisoblanadi. Ularning tuxumi zamonaviy emu qushi tuxumidan qariyb sakkiz barobar katta bo‘lgani sababli, loyihada tirik qushlardan surrogat ona sifatida foydalanishning imkoni yo‘q.
Kompaniya ishlab chiqqan texnologiya silikon membranali sun’iy qobiqdan iborat bo‘lib, u haqiqiy tuxum po‘stlog‘i vazifasini bajaradi: kislorod va namlik almashinuvini ta’minlaydi, embrionning o‘sishi uchun kerakli haroratni ushlab turadi.
Ishlab chiquvchilarning so‘zlariga ko‘ra, tizim nafaqat yo‘q bo‘lib ketgan turlarni qaytarish, balki qirilib ketish xavfi ostida turgan noyob qushlarni saqlab qolish uchun ham qo‘llanilishi mumkin.
Colossal Biosciences bungacha ham shunga o‘xshash tajribalar o‘tkazgan.
Xususan, kompaniya muzlik davri hirs yirtqichlari bo‘lgan bo‘rilarni qazilma qoldiqlaridagi DNK yordamida qisman qayta tiklaganini, mamontlarni qaytarish ustida ishlayotganini va qadimgi hayvonlar juniga o‘xshash junga ega bo‘lgan genetik modifikasiyalangan sichqonlarni yaratganini ma’lum qilgan edi.