Bugun 9 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

AQShda 30 yoshli ayol qo‘shiqchi Riannaning uyiga qarata o‘t ochdi

AQShda 30 yoshli ayol qo‘shiqchi Riannaning uyiga qarata o‘t ochdi

Los-Anjeles polisiyasi 30 yoshli ayolni amerikalik qo‘shiqchi Riannaning (Robin Rianna Fenti) Beverli-Xillzdagi uyiga otishma uyushtirganlikda gumon qilib hibsga oldi.

Bu haqda Los Angeles Times manbalarga asoslanib xabar bermoqda.

Manbalarga ko‘ra, mashinada bo‘lgan ayol qo‘shiqchining qasriga qarab taxminan 10 marta o‘q uzgan, o‘qlar devorga tekkan. Rianna otishma paytida bino ichida bo‘lgan.

Huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lumotlariga ko‘ra, hodisada hech kim jabrlanmagan. Hujumchining maqsadi hali oshkor qilinmagan.

Kiritildi: Bugun 11:40. O'qildi: 396 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!