Bugun 14 mart, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh Yaqin Sharqqa 5000 nafar dengiz piyodasi va qo‘shimcha harbiy kemalarni yubormoqda

AQSh Yaqin Sharqqa 5000 nafar dengiz piyodasi va qo‘shimcha harbiy kemalarni yubormoqda


The Wall Street Journal'ning AQSh rasmiylariga tayanib xabar berishicha, Pentagon Ho‘rmuz bo‘g‘ozida Eron tomonidan hujumlar kuchayib borayotgani sababli Yaqin Sharqqa dengiz piyodalarining ekspedision birlashmasi va qo‘shimcha jangovar kemalarni yo‘naltirmoqda.

Pentagon rahbari Pit Hegset AQSh Markaziy qo‘mondonligining mintaqaga desant kemalari guruhining bir qismini va unga biriktirilgan dengiz piyodalari ekspedision batalyonini ko‘chirish haqidagi so‘rovini ma’qullagan. Bunday birlashma odatda bir nechta jangovar kema va taxminan 5000 nafar dengiz piyodasidan iborat bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 09:54. O'qildi: 403 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!