Bugun 29 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh Yaqin Sharqqa 3 500 dengizchi va dengiz piyodasini yetkazdi

AQSh Yaqin Sharqqa 3 500 dengizchi va dengiz piyodasini yetkazdi





3500 nafar amerikalik dengizchi va dengiz piyodalaridan iborat USS Tripoli amfibiya hujum kemasi Yaqin Sharqqa yetib kelgani e’lon qilindi. Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondoni (CENTCOM) ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

“USS Tripoli (LHA 7) amfibiya hujum kemasidagi dengizchilar va dengiz piyodalari AQSh Markaziy qo‘mondonligi mas’uliyat hududiga yetib kelishdi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Amerika qo‘mondonligi dengiz piyodalaridan tashqari, kema mintaqaga transport va zarba beruvchi qiruvchi samolyotlar hamda havo hujumi transport vositalarini yetkazishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 22:54 28.03.2026. O'qildi: 302 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!