Bu haqda Qo‘shma Shtatlar Kosmik kuchlari qo‘mondonligi ma’lum qildi.
"AQSh harbiylari Kaliforniyadagi Vandenberg bazasidan jangovar qismga ega bo‘lmagan Minuteman III raketasini muvaffaqiyatli uchirdi. Sinov mashg‘ulot xarakterida bo‘lib, AQSh qurolli kuchlarining muntazam tekshiruv dasturi doirasida o‘tkazildi", deyiladi qo‘mondonlik bayonotida.
Kosmik kuchlar ma’lumotiga ko‘ra, raketa taxminan 4,2 ming milya (6800 km) uchib, Marshall orollaridagi Reygan poligonidagi nishonga yetib borgan.
"Ushbu sinov qit’alararo ballistik raketa tizimining ishonchliligi, tayyorgarligi va aniqligini tasdiqladi. Bu tizim mamlakat yadroviy qarshilik strategiyasining asosiy elementi sifatida qolmoqda", deyiladi xabarda.