AQSh Mudofaa vazirligi Xitoyning bir nechta yirik kompaniyalarini Xalq ozodlik armiyasi (XOA) bilan hamkorlik qilgani uchun qora ro‘yxatga kiritdi.
Ushbu hujjat AQSh Federal reestrida e’lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, ro‘yxatga Alibaba onlayn savdo platformasi, Baidu qidiruv tizimi, elektr transport vositalari va batareyalar ishlab chiqaruvchisi BYD va NIO korporasiyasi kiradi.
To‘rtta kompaniyaning barchasi XOA bilan hamkorlik qilgani uchun qora ro‘yxatga kiritildi. Bu yil ro‘yxatga jami 15 ta kompaniya qo‘shildi.
Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu qaror darhol sanksiyalarni qo‘llamaydi; ammo, ro‘yxatga kiritilgan kompaniyalarga AQSh harbiylari uchun pudratchi sifatida xizmat qilish taqiqlangan. Bu shuningdek, kelajakda ular savdo yoki boshqa cheklovlarga duchor bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.