Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh Xitoyni Rossiya nefti xaridi uchun yuqori bojlar joriy etilishidan ogohlantirdi

AQSh Xitoyni Rossiya nefti xaridi uchun yuqori bojlar joriy etilishidan ogohlantirdi

Qo‘shma Shtatlar moliya vaziri Skott Bescentning aytishicha, savdo muzokaralari yakunida u Xitoy rasmiylarini Kongressda ko‘rib chiqilayotgan sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasiga binoan Rossiya neftini xarid qilish davom ettirilsa, yuqori boj to‘lovlari tahdidi mavjudligi haqida ogohlantirgan.

"Menimcha, sanksiyalarga uchragan Rossiya neftini xarid qilayotgan har qanday tomon bunga tayyor bo‘lishi kerak", — dedi Bescent matbuot anjumanida.

Reuters'ning yozishicha, Bescent Xitoy tomonidan Rossiyaga 15 milliard dollardan ortiq qiymatdagi ikki maqsadli mahsulot va texnologiyalar ham sotilganidan norozi bo‘lganini bildirgan. "Men Xitoy rasmiyoariga bu ularning Yevropadagi obro‘siga jiddiy zarar yetkazayotganini aytdim, chunki ular Yevropa chegarasidagi urushga hissa qo‘shmoqda", — dedi Bescent.

AQSh moliya vazirining so‘zlariga ko‘ra, xitoylik rasmiylar bunga javoban XXR suveren davlat ekanini va neft xaridlari mamlakatning ichki siyosatiga asoslanishini bildirgan.

"Xitoyliklar o‘z suverenitetiga juda jiddiy yondashadi. Biz unga tajovuz qilishni istamaymiz, shuning uchun ular 100 foizlik boj to‘lashga tayyor", — deya qo‘shimcha qildi Bescent.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy Rossiya neftining eng yirik xaridori bo‘lib, kuniga qariyb ikki million barrel neft sotib oladi. Uning keyingi o‘rinlarda Hindiston va Turkiya turadi.

Kiritildi: 13:16 30.07.2025. O'qildi: 701 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!