Bu haqida davlat kotibi Marko Rubio malum qildi.
"Bu, jumladan, Xitoy Kommunistik partiyasi bilan aloqador bo‘lgan yoki strategik ahamiyatga ega mutaxassisliklar bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga ham taalluqlidir. Shu bilan birga, biz Xitoy va Gonkongdan bo‘lajak barcha arizalarni tekshirishni kuchaytirish uchun viza mezonlarini ko‘rib chiqamiz", — deya aniqlik kiritdi Rubio.
Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti Garvard universiteti bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xorijiy fuqarolarning nafaqat talabalarning, balki universitet xodimlarining ham vizalari qayta ko‘rib chiqilishini e’lon qildi.
Xalqaro ta’lim instituti hisoboti ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda Qo‘shma Shtatlarga eng ko‘p xorijiy talabalar aynan Xitoydan kelgan.