Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

AQSh Xitoydan ehtimoliy kiberhujumlar haqida ogohlantirmoqda

AQSh Xitoydan ehtimoliy kiberhujumlar haqida ogohlantirmoqda

Xitoy AQShning muhim infratuzilmasiga kiberhujumlar uyushtirishi mumkin, deya ogohlantirdi Davlat departamenti. Bu haqda Reuters yozmoqda.

Microsoft tahlilchilarining fikricha, Xitoyning Volt Typhoon kompaniyasi AQShdagi harbiy va davlat muassasalariga qarshi kiberjosuslikni amalga oshirgan. Xususan, Xitoy tomoni neft va gaz quvurlari, shuningdek, temir yo‘l tizimiga qarshi kiberhujumlarni amalga oshirishi mumkin.

“Bunday holatlarda tajovuzkor maqsadli tarmoqda o‘z vazifalarini bajarish uchun ruxsat olish uchun ko‘pincha qonuniy hisob ma’lumotlari va qonuniy tarmoq boshqaruv vositalaridan foydalanadi. Antivirus kabi ko‘plab an’anaviy aniqlash usullari bu tajovuzlarni aniqlay olmaydi", dedi AQSh Kiberxavfsizlik va infratuzilmani himoya qilish agentligi direktorining ijrochi yordamchisi Erik Goldshteyn.

O‘z navbatida Pekin o‘z josuslari G‘arbda faoliyat yuritayotgani haqidagi da’volarni rad etib, AQSh va uning ittifoqchilarining ogohlantirishini jamoaviy dezinformasiya kampaniyasi deb atadi.

Kiritildi: 11:17 26.05.2023. O'qildi: 1834 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!