Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Agentlik manbalariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati Xalqaro jinoiy sud nizomiga o‘zgartirish kiritishni talab qilmoqda, unda AQSh prezidenti va yuqori martabali amaldorlar jinoiy ta’qibdan himoyalanishi ko‘zda tutiladi.
"Shuningdek, AQSh G‘azo urushi bo‘yicha Isroilga qarshi ishlar va Afg‘onistonda xizmat qilgan amerikalik harbiylarga nisbatan ishlarni yopishni talab qilmoqda. Rad javobi berilgan taqdirda, Vashington sud va uning xodimlariga nisbatan sanksiyalar joriy etishini bildirmoqda", deya yozmoqda nashr.
Reuters manbasining aytishicha, Oq uyning bunday talablariga asosiy sabab 2029 yildan keyin XJS Donald Trampga nisbatan ish qo‘zg‘atishi mumkinligidan xavotir hisoblanadi.