AQSh Davlat departamenti 2 apreldan boshlab viza dasturining kengaytirilgan versiyasi kuchga kirishini ma’lum qildi. Ilgari qamrab olingan 38 ta davlat qatoriga yana 12 ta davlat qo‘shildi, deb xabar beradi AQSh Davlat departamenti.
Yangi qoidalarga ko‘ra, mazkur 50 ta davlat fuqarolari turistik va biznes V1/V2 vizalariga ariza berishda 15 000 dollargacha garov puli to‘lashlari shart.
Dasturga yangi qo‘shilgan 12 ta davlat: Gruziya, Mo‘g‘uliston, Mavrikiy, Kambodja, Efiopiya, Grenada, Lesoto, Mozambik, Nikaragua, Papua-Yangi Gvineya, Seyshel orollari va Tunis. Ilgari dastur asosan Afrika mamlakatlari, jumladan, Jazoir, Bangladesh, Botsvana, Kuba, Nigeriya, Zambiya va boshqalarni qamrab olgan edi.
Agar ariza beruvchiga viza berilmasa yoki u Qo‘shma Shtatlarda bo‘lish talablariga to‘liq javob bersa, garov puli qaytariladi. Davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu chora vizalari muddati tugaganidan keyin mamlakatda noqonuniy qoladigan chet elliklar sonini kamaytirishga qaratilgan.
Donald Tramp ma’muriyati qattiq immigrasiya siyosatini olib bormoqda. Buning bir qismi sifatida deportasiya, vizalar va grin-kartalarni bekor qilish, shuningdek, immigrantlarning ijtimoiy tarmoqlarini tekshirish amalga oshirilmoqda.
Inson huquqlari faollari ushbu dasturni fuqarolarning huquqlarini cheklash deb tanqid qilsa-da, rasmiylar uni ichki xavfsizlikni ta’minlashning samarali vositasi deb hisoblashadi.