Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

AQSh vise-prezidenti Germaniyada Alis Vaydel bilan uchrashdi

AQSh vise-prezidenti Germaniyada Alis Vaydel bilan uchrashdi

AQSh vise-prezidenti Germaniyadan jo‘nab ketishdan oldin “Germaniya uchun muqobil” partiyasi yetakchisi bilan uchrashdi

Vise-prezident Jeyms Devid Vensning vakili uning Alis Vaydel bilan uchrashgani va uchrashuv yarim soat davom etgani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi. Qayd etilishicha, uchrashuvda Ukrainadagi urush, Germaniyaning ichki siyosati va so‘z erkinligi mavzulari muhokama qilingan.

Avvalroq AQSh vise-prezidenti Myunxen xavfsizlik konferensiyasida nutq so‘zlab, nemis siyosatchilarini "umumiy qadriyatlardan chekinish" va o‘z saylovchilari bilan ishlashni istamaslikda ayblagan edi. Vensning so‘zlariga ko‘ra, katta qismi “Germaniya uchun muqobil” (AfD) partiyasiga ovoz berayotgan nemis fuqarolarining fikri ham eshitilishi lozim.

Uning bu bayonoti Germaniyaning amaldagi kansleri Olaf Shols va XDI/XSI bloki yetakchisi Fridrix Mers tomonidan keskin tanqid qilindi. O‘ta o‘ng “Germaniya uchun muqobil” partiyasi Ukrainaga yordamni to‘xtatish va Rossiya bilan aloqalarni tiklash tarafdori hisoblanadi. Avvalroq partiyani ijtimoiy tarmoqlarda milliarder Ilon Mask ham qo‘llab-quvvatlagan edi.

Kiritildi: 02:15 16.02.2025. O'qildi: 1296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!