AQSh Venesueladan olib chiqqan yuz millionlab dollarlik oltin Amerika omborlarida saqlanmoqda, chunki mahalliy sanoatchilar uni qayta ishlashdan qo‘rqmoqda.
Bu haqda manbalarga tayanib The New York Times gazetasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, oltinni tozalash va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi korxonalar mazkur qimmatbaho metall jinoiy guruhlarni moliyalashtirish, korrupsiya yoki atrof-muhitga zarar yetkazish bilan bog‘liq emasligi bo‘yicha kafolat talab qilmoqda.