AQSh Venesueladagi neft konlarini 100 yilga ijaraga olish bo‘yicha muzokara olib bormoqda — Bloomberg.
Nashrning xabar berishicha, Vashington va Yearakas o‘rtasida kelishuvga erishish jarayoni yakuniga yaqinlashgan. Dastlabki taklifga ko‘ra, Venesueladagi 10 ta kon AQSh kompaniyalari nazoratiga o‘tishi mumkin. Ushbu konlarda jami 90 milliard barrelga yaqin neft zaxirasi mavjud.
Manbalarga ko‘ra, mazkur konlarning ayrimlari avval Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga yaqin shaxslar tomonidan nazorat qilingan yoki Xitoy kompaniyalari bilan bog‘liq bo‘lgan. Hozircha muzokaralar yakunlanmagan. Taklif qilinayotgan shartlar o‘zgarishi yoki umuman boshqa ko‘rinishga kelishi mumkin.
"Agar ushbu kelishuv amalga oshsa, bu Qo‘shma Shtatlarning boshqa davlat iqtisodiyotiga aralashuvining misli ko‘rilmagan shakllaridan biri bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, bu tashabbus Donald Tramp ma’muriyatining G‘arbiy yarimsharda AQSh ta’sirini kengaytirishga qaratilgan siyosatiga mos keladi", deb yozadi Bloomberg.
Joriy yilning yanvar oyida Nikolas Maduro amerikalik maxsus kuchlar tomonidan qo‘lga olinganidan so‘ng, AQSh va Venesuelaning yangi hukumati o‘rtasida tabiiy resurslardan foydalanish imkonini beruvchi bir qator kelishuvlar tuzilgan.