AQSh ma’muriyati avvalroq Venesuela qirg‘oqlarida qo‘lga olingan tanker va u olib ketayotgan neftni musodara qilishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt navbatdagi matbuot brifingida ma’lum qildi.
"Hozirda kemani musodara qilish bo‘yicha ish olib borilmoqda", dedi u va tergovchilar hozirda u ustida ish olib borayotganini qo‘shimcha qildi.
"Neftga kelsak, bu boshqa masala. Kema AQSh portiga yo‘l oladi va Vashington neftni musodara qilish niyatida. Biroq, bu neftni musodara qilishning qonuniy tartibi mavjud va bu qonuniy tartib-qoidaga amal qilinadi", - deya qo‘shimcha qildi Levitt.
Avvalroq Venesuela TIV AQShning Karib dengizida neft tankerini tortib olganini xalqaro qaroqchilik harakati deb bilishini ma’lum qilgandi.