Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh va Xitoy o‘zaro savdo tariflarini 90 kun muddatga pasaytirishga kelishib oldi

AQSh va Xitoy o‘zaro savdo tariflarini 90 kun muddatga pasaytirishga kelishib oldi

Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Ikki tomon 2025-yil yanvaridan buyon ilk marta yuzma-yuz muzokaralar o‘tkazdi. Jenevada ikki kun davom etgan muzokaralarda AQShdan moliya vaziri Skott Bessent, XXRdan bosh vazir o‘rinbosari He Lifen ishtirok etdi. Ular savdo ziddiyatini yumshatishga va ikki mamlakat iqtisodiyotlariga moslashish uchun vaqt berishga kelishib olgan.

AQSh 145 foizlik bojlarini 30 foizgacha, Xitoy esa 125 foizdan 10 foizgacha tushiradi. Ushbu dastlabki kelishuv muddati 90 kun deb belgilandi. Skott Bessent ham, He Lifen ham muzokaralar “konstruktiv” va “ochiq” o‘tganini aytib, savdo urushidagi deeskalasiya haqida bayonotlar berdi.

AQShning savdo masalalari bo‘yicha vakili Jeymison Grirga ko‘ra, erishilgan kelishuv Amerikaning 1,2 trillion dollarlik savdo defisitini qisqartirishga yordam beradi.

Moliya bozorlari bu yangilikni olqishlar bilan kutib oldi: birjalarda narxlar osmonga sapchimoqda.

Kiritildi: 18:24 12.05.2025. O'qildi: 563 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!