Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh va Xitoy TikTok bo‘yicha asosiy kelishuvga erishdi

AQSh va Xitoy TikTok bo‘yicha asosiy kelishuvga erishdi

TikTok’ning AQShdagi taqdiri borasida ko‘p yillik tortishuv keyin ikki davlat umumiy kelishuvga erishdi, yakunlovchi qaror Tramp va Si Jinping muloqotidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Donald Tramp ma’muriyati va Xitoy o‘rtasida TikTok’ni AQShda faoliyatda qoldirish uchun asosiy kelishuvga erishildi. Bu haqda AQSh Moliya vaziri Skott Bessent ma’lum qildi. Tramp juma kuni Xitoy rahbari Si Jinping bilan uchrashib, kelishuvni yakunlaydi. Bu muzokaralar ikki davlat rahbarlari orasidagi kengroq uchrashuvga zamin yaratishi mumkin.

«Amerika Qo‘shma Shtatlari va Xitoy o‘rtasidagi Evropadagi yirik savdo uchrashuvi JUDA YAXSHI o‘tdi! Tez orada yakunlanadi. Mamlakatimiz yoshlari saqlab qolishni juda istagan “ayrim” kompaniya bo‘yicha ham kelishuvga erishildi. Ular juda xursand bo‘lishadi! Men juma kuni Prezident Si bilan gaplashaman. O‘zaro munosabatlar juda kuchli bo‘lib qolmoqda!!! », — deb yozdi Tramp Truth Social’da.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kelishuv shartlari orasida TikTok’ning amerikalik investorlar ishtirokida qayta tashkil qilinishi, milliy xavfsizlik talablari ta’minlanishi hamda kompaniya ma’lumotlari ustidan AQSh tomonidan nazorat kuchaytirilishi nazarda tutilgan. Oracle kompaniyasi rahbari Larri Ellison asosiy xaridor sifatida tilga olinmoqda.

Xitoyning yetakchi muzokarachisi Li Chenggang kelishuv orqali nafaqat TikTok masalasi hal bo‘lishi, balki ikki davlat o‘rtasida savdo va investisiya sohalaridagi to‘siqlar qisman bartaraf etilishi mumkinligini ta’kidladi. Uning aytishicha, Pekin o‘z milliy manfaatlariga zid kelishuvga rozi bo‘lmasligi ochiq bildirilgan.

TikTok va uning egasi ByteDance hozircha sharh bermagan. Biroq kelishuvsiz kompaniyaning AQShda faoliyat yuritishi mumkin emas edi. Mutasaddilarning aytishicha, hozirgi kelishuv Tramp va Si Jinpingning oktyabr oyiga rejalashtirilgan uchrashuviga yo‘l ochishi mumkin.

Kiritildi: 12:30 16.09.2025. O'qildi: 280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!