Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh va Xitoy savdo sulhini uzaytiradimi?

AQSh va Xitoy savdo sulhini uzaytiradimi?

Vashington va Pekin savdo sulhini bir yilgacha uzaytirishni ko‘rib chiqmoqdalar.

Bu haqda South China Morning Post (SCMP) manbalarga tayanib xabar berdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy prezidenti Si Szinpin ushbu kelishuvni aprel oyining boshida, Oq uy egasi Pekinga tashrif buyurganida rasmiylashtirishlari kutilmoqda.

Mamlakatlar o‘rtasidagi kelishuvlarga o‘tgan yilning oktyabr oyida erishilgan edi. AQSh Xitoyga tariflarni 10% ga pasaytirdi va 47% gacha tushirdi, ayrim Xitoy kompaniyalarining AQShga eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashladi va Xitoyga yarimo‘tkazgichlar eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni yumshatdi. Xitoy AQSh soya fasulyalarini sotib olishni boshladi va ko‘plab Amerika qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tariflardan ozod qildi.

SCMP manbalari aniqlik kiritishicha, agar tomonlar kelishuvni uzaytirsa, Donald Tramp va Si Szinpin o‘rtasidagi bo‘lajak sammit qisqa muddatli iqtisodiy natijalarga, jumladan, Xitoyning yangi xarid majburiyatlariga qaratiladi.

Kiritildi: Bugun 11:30. O'qildi: 224 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!