AQSh va Xitoy o‘zaro tarif imtiyozlarini yana uch oyga uzaytirishga kelishib oldilar.
Bu haqda Sveriges Radio xabar berdi.
Tegishli kelishuvga 28-29 iyul kunlari AQSh moliya vaziri Skott Bessent va Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Xe Lifen boshchiligida Stokgolmda bo‘lib o‘tgan ikki kunlik muzokaralar yakunlari bo‘yicha erishilgan.
Avvalgi tarif kelishuvi 10-11 may kunlari Jenevada tuzilgan bo‘lib, unga ko‘ra Vashington va Pekin vaqtincha boj to‘lovlarini kamaytirdi: AQSh - Xitoy tovarlariga 30 foizgacha (avvalgi 115 foiz darajasidan), Xitoy esa Amerika mahsulotlariga 10 foizga. Ushbu shartnoma muddati 12 avgustda tugashi kerak edi.