Bugun 30 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh va Venesuela o‘rtasida tarixdagi eng yirik neft bo‘yicha kelishuv tuzildi

AQSh va Venesuela o‘rtasida tarixdagi eng yirik neft bo‘yicha kelishuv tuzildi

Tramp AQSh va Venesuela o‘rtasida tarixdagi eng yirik neft bo‘yicha kelishuv tuzilganini e’lon qildi.

Qo‘shma Shtatlar prezidenti bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu bitim orqali Vashington Venesuela bilan mamlakat neft zaxiralarining 20 foizi - 65 mlrd barreldan ortiq qismidan “hech qanday xarajatlarsiz” foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu AQSh neft zaxiralarini ikki baravardan ko‘proqqa oshirish, yetkazib berishni kengaytirish va uzoq muddatli istiqbolda amerikaliklar uchun benzin narxini sezilarli darajada pasaytirish imkonini beradi.

Donald Tramp bitimni imzolash jarayonida AQSh davlat kotibi Marko Rubio, mudofaa vaziri Pit Hegset va Venesuelaning muvaqqat prezidenti Delsi Rodriges ishtirok etganini bildirdi.

Shu bilan birga, AQSh yetakchisi ushbu bitim Venesuelaga “muvaffaqiyat va farovonlik” sari harakat qilishga yordam berishiga ishonch bildirgan.

Kiritildi: 21:05 29.08.2026. O'qildi: 633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!