Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh va Venesuela diplomatik aloqalarni tiklashni muhokama qilmoqda

AQSh va Venesuela diplomatik aloqalarni tiklashni muhokama qilmoqda

Bu haqda Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Venesuela va AQSh hukumatlari “ikkala mamlakatdagi diplomatik missiyalar faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish maqsadida, sinov tariqasidagi diplomatik jarayonlarni boshlash”ga qaror qilgan.

AQSh Davlat departamentining tasdiqlashicha, amerikalik diplomatlar 9 yanvar kuni elchixona faoliyatini tiklash “ehtimoliga baho berish uchun” Venesuela poytaxti Karakasga borgan.

The New York Times'ning yozishicha, ikkala tomon ham dastlabki qadamlar “tajriba-sinov tariqasida” ekanini aytmoqda. Ayni paytda munosabatlar kun sayin o‘zgarishga uchrayapti.

Rodrigesning so‘zlariga ko‘ra, diplomatik aloqalarni tiklash imkoniyatini o‘rganishdan maqsad – “agressiya va respublika prezidenti hamda birinchi xonimining o‘g‘irlab ketilishi bilan bog‘liq oqibatlarni ko‘rib chiqish, shu bilan birga, o‘zaro manfaatli kun tartibini ilgari surish”dan iborat.

Kiritildi: 21:57 10.01.2026. O'qildi: 425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!