"Shartnoma mavjud, u imzolangan va ratifikasiya qilish uchun Ukraina Oliy Radasiga yuboriladi. Biz kelishuvda kechikishlar bo‘lmasligidan manfaatdormiz", — dedi Vladimir Zelenskiy videomurojaatida. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjat “tayyorgarlik jarayonida sezilarli darajada o‘zgargan”.
“Endi bu Ukrainaga sarmoya kiritish uchun imkoniyat yaratadigan haqiqiy teng kelishuv”, — dedi mamlakat prezidenti. Uning ta’kidlashicha, kelishuv shartlariga ko‘ra, "qarz yo‘q" va Vashington va Kiyev "hamkorlikda daromad olishi" mumkin.
AQSh va Ukraina o‘rtasidagi tog‘-kon bo‘yicha kelishuv Rossiyaga Ukraina va Amerika xalqlari o‘rtasida hech qanday tafovutlar yo‘qligini ko‘rsatadi, dedi avvalroq AQSh moliya vaziri Skott Bescent. Uning qo‘shimcha qilishicha, kelishuv nafaqat noyob tuproq metallariga, balki infratuzilma va energetikaga ham tegishli. “Shunday qilib, har ikki tomonda ham g‘alaba qozonish imkoniyati bor”, — deya xulosa qildi amerikalik vazir.
Ukrainani tiklash uchun sarmoya fondini yaratish haqidagi hujjat 30 aprel kuni Vashingtonda Bescent va Ukraina bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko tomonidan imzolangan. Shartnoma dastlab "resurslar bitimi" yoki "noyob yer metallari bitimi" deb nomlangan.