AQSh va Ukraina foydali qazilmalarni birgalikda qazib olish bo‘yicha dastlabki investisiya kelishuvini tuzdi. Kelishuv doirasida Gennadiy Butkevichga tegishli Ukrainaning «Bi-Ji-Vi Grup» investisiya platformasiga qariyb 30 million dollar yo‘naltiriladi.
Mablag‘lar uran, berilliy, sirkoniy va noyob yer elementlarini qazib olish loyihalarini rivojlantirishga sarflanadi.
Bu Vashington va Kiyev tomonidan Ukraina tabiiy resurslariga qo‘shma investisiyalar kiritish uchun tashkil etilgan jamg‘arma doirasida amalga oshirilayotgan ilk aniq loyiha hisoblanadi.