Bugun 20 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSh va Rossiya Ukraina bo‘yicha maxfiy rejani ishlab chiqmoqda

AQSh va Rossiya Ukraina bo‘yicha maxfiy rejani ishlab chiqmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Ukrainadagi urushni tugatishga qaratilgan yangi reja bo‘yicha Rossiya huquqati bilan yashirin muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Axios nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, yangi reja 28 banddan iborat bo‘lib, ular to‘rt asosiy yo‘nalishga bo‘lingan: Ukrainada tinchlik, xavfsizlik kafolatlari, Yevropadagi xavfsizlik hamda AQShning Rossiya va Ukraina bilan kelajakdagi munosabatlari. Ammo ushbu hujjatda hududiy masalalar qanday aks etgani noma’lum.

🗣 Rejani ishlab chiqishni AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff boshqarmoqda. U ushbu masalani Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev bilan muhokama qilgan. Dmitriyev Axiosga bergan intervyusida rejani amalga oshirish imkoniyatlari borligiga optimizm bilan qarayotganini aytgan.

«Biz Rossiyaning pozisiyasi haqiqatan ham eshitilganini his qilyapmiz», – dedi Dmitriyev.

Axios mazkur tinchlik rejasining batafsil mazmuni hamda tomonlarning Ukraina bo‘yicha hududiy masalalardagi pozisiyasini oshkor qilmagan.

Kiritildi: 20:11 19.11.2025. O'qildi: 579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!