Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh va Qatar G‘azoda tinchlikka erishish rejasini ishlab chiqmoqda

AQSh va Qatar G‘azoda tinchlikka erishish rejasini ishlab chiqmoqda

Oq uy maxsus vakili Stiv Uitkoff Ibizaga Qatar Bosh vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Sani bilan uchrashish uchun keldi. Bu haqda Axios axborot portali xabar bermoqda.

Uitkoff yaqinda shunday bayonot berdi: Tramp ma’muriyati Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urushga nisbatan “yarmi yo‘q” yondashuvni istamaydi, balki har tomonlama yechimga intiladi — “All or nothing” (“Hammasi yoki hech narsa”). Axios manbasiga ko‘ra, Qatar va AQSh aynan shunday keng qamrovli tinchlik rejasini ishlab chiqmoqda. U G‘azoda urushni to‘xtatish va HAMAS terrorchilari qo‘lida qolgan barcha garovdagi shaxslarni ozod qilishni nazarda tutadi.

📌 Qatar diplomatik hal qilishda muhim rol o‘ynab kelmoqda va hozirgi urush davomida bir necha bor vositachilik qilgan.

Axios xabariga ko‘ra, AQSh va Qatar yaqin ikki hafta ichida o‘z rejasini urush qilayotgan tomonlarga taqdim etishni xohlamoqda. Biroq Isroildagi manba bu rejaga nisbatan shubha bildiradi va uni “ma’nosiz” deb atagan — “chunki HAMAS uni hech qachon qabul qilmaydi”. Manbaning aytishicha, tomonlar o‘rtasidagi tafovut juda katta.

Shunga qaramay, diplomatik yo‘l bilan nimagadir erishish uchun hali vaqt bor. Isroil hukumati armiyaga G‘azo shahrini egallashga tayyorgarlik ko‘rishni buyurgan bo‘lsa-da, bu tayyorgarlik haftalar davom etadi. Taxminan bir million falastinlik tinch aholini evakuasiya qilish, gumanitar ta’minot va harbiy harakatlar rejasini ishlab chiqish zarur. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hukumat yig‘ilishida agar muzokaralarda muvaffaqiyat bo‘lsa, harbiy operasiya kechiktirilishi mumkinligini bildirgan.

Kiritildi: 15:04 10.08.2025. O'qildi: 820 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!