Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh va Kuba 10 yil ichida birinchi marta muzokara o‘tkazdi — Axios

AQSh va Kuba 10 yil ichida birinchi marta muzokara o‘tkazdi — Axios

17 aprel kuni AQSh Davlat departamenti delegasiyasi Kuba rasmiylari bilan yashirin muzokaralar o‘tkazish uchun 10 yil ichida ilk bor Gavanaga tashrif buyurdi, deb xabar beradi nashr.

Davlat departamenti yuqori lavozimli mulozimining so‘zlariga ko‘ra, tashrif doirasida bir nechta uchrashuvlar tashkillashtirilgan, jumladan, Kubada siyosiy ta’sirini saqlab qolayotgan sobiq davlat rahbari Raul Kastroning nabirasi Raul Gilyermo Rodriges Kastro bilan ham muzokaralar o‘tkazilgan.

"Amerikaliklar “Kuba iqtisodiyoti erkin qulashi jarayonida” ekanini bayon qilib, orol rahbariyatini vaziyat “orqaga qaytarib bo‘lmaydigan darajada yomonlashishidan oldin” AQSh ko‘magida demokratik va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun cheklangan “imkoniyatlar darchasi”dan foydalanishga chaqirgan, deyiladi Axios xabarida.

AQSh Davlat departamenti vakillari, shuningdek, siyosiy mahbuslarni ozod qilishni hamda 1959 yilgi inqilobdan keyin aktivlari va mol-mulklari musodara qilingan AQSh fuqarolari va korporasiyalariga tovon puli to‘lashni talab qilgan. Shu bilan birga, mulozimlar xorijiy razvedka, harbiy va terrorchi guruhlar AQSh hududidan yuz mildan kamroq masofada Kuba hukumatining ruxsati bilan faoliyat yuritayotganidan xavotir bildirgan.

Ushbu talablar bajarilishi evaziga amerikaliklar savdo embargosini bekor qilishni muhokama qilish va SpaceX kompaniyasiga tegishli Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqasidan foydalanish imkoniyatini berishni taklif qilgan.

Kiritildi: 21:42 18.04.2026. O'qildi: 437 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!